Endi Byornem Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi
Endi Byornem Buyuk Britaniya hukmron Leyboristlar partiyasi rahbari etib saylandi. Endi u mamlakatning yangi bosh vaziri lavozimini egallaydi.

Buyuk Britaniyada Endi Byornem rasman hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib e’lon qilindi.
«Reuters» agentligi ma’lum qilishicha, u partiya yetakchiligi va bosh vazirlik lavozimidan ketishini ma’lum qilgan Kir Starmer o‘rnini egallaydi.
Byornem yagona nomzod bo‘ldi
Byornem partiya rahbarligi uchun saylovlarda yagona nomzod bo‘lgan. Leyboristlarning lavozimini tark etayotgan bosh kotibi Xolli Ridli ovoz berish partiya qoidalariga muvofiq o‘tganini tasdiqlagan va Byornem rasman partiyaning yangi rahbari deb e’lon qilingan.
Endi Byornem Buyuk Manchesterning sobiq meri, parlament deputati va avval Britaniya hukumatida vazirlik lavozimlarida faoliyat yuritgan tajribali siyosatchi hisoblanadi.
Qirol bosh vazirni tayinlaydi
Leyboristlar partiyasi Jamoatchilar palatasida ko‘pchilik o‘rinni saqlab qolgani sababli, hukumat rahbarini o‘zgartirish uchun yangi parlament saylovlarini o‘tkazish talab etilmaydi.
Amaldagi konstitutsiyaviy tartibga ko‘ra, Endi Bernemni Buyuk Britaniya qiroli Karl III rasman bosh vazir etib tayinlaydi. Shundan keyin u yangi hukumat tarkibini shakllantirishga kirishadi.





