add

Endi davlat xizmatchilarining soliq qarzi haqida ma’lumot berib boriladi

30.11.2025 | 20:552441 daqiqa

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq vazirlik va idoralar xodimlarining soliq qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorakda e’lon qilinishi belgilandi.

Endi davlat xizmatchilarining soliq qarzi haqida ma’lumot berib boriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1-yanvardan boshlab vazirliklar va ijro hokimiyatining respublika idoralarida ishlovchi xizmatchilarning soliq qarzi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar har uch oyda rasmiy ravishda e’lon qilib boriladi.

Bunda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish talablariga qat’iy rioya etilgan holda, faqat vazirlik va idoralar kesimida ochiqlanadi. Har chorak yakunidan so‘ng keyingi oyning 25 sanasiga qadar tegishli ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylanishi belgilab qo‘yilgan.

Qaror asosida soliq ma’murchiligini yaxshilash bo‘yicha qator amaliy choralar ham belgilandi. Jumladan, jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimidan foydalanish mexanizmi joriy etiladi.

Shuningdek, soliq to‘lovchilarga o‘z vaqtida eslatmalar yuborish maqsadida mobil ilova orqali soliq qarzi haqida muntazam xabarnoma taqdim etiladi.

Teglar

Mavzuga oid