Eron droni Ozarboyjon aeroportiga hujum qildi

05.03.2026 | 17:031 daqiqa

Rasmiy Boku javob choralari haqida ogohlantirdi.

Eron droni Ozarboyjon aeroportiga hujum qildi

​Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi mamlakat hududiga Eron dronlari tomonidan qilingan hujumlarni qoraladi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Qayd etilishtcha, ​bugun, 4-mart kuni Eron dronlarining Ozarboyjonga tushishi bilan bog‘liq ilk holat ma’lum bo‘lgan. Tarmoqlarda Naxichevan shahri yaqinidagi aeroport hududida yuz bergan portlash videosi tarqaldi.

​Ozarboyjon TIV o‘zining Instagram sahifasida mamlakat hududiga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan berilgan zarbalar tafsilotlarini ochiqladi.

«Bitta dron Naxichavonni aeroport terminali binosiga zarba berdi, boshqasi esa Shakarabad qishlog‘idagi maktab binosi yaqiniga tushdi.

​Biz Eron Islom Respublikasi hududidan amalga oshirilgan, aeroport binosiga shikast yetkazgan va ikki nafar tinch aholi vakilining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan ushbu dron hujumlarini keskin qoralaymiz»,— deyiladi xabarda.

​TIV Ozarbayjon hududiga qilingan hujumni xalqaro huquq normalari va tamoyillarining buzilishi deb hisoblasht va bu mintaqada keskinlik kuchayishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

«Biz Eron Islom Respublikasidan zudlik bilan ushbu holat bo‘yicha aniq tushuntirish berishni, tegishli tergov o‘tkazishni va kelajakda bunday hujumlar qaytarilmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishni talab qilamiz. ​Ozarboyjon tomoni tegishli javob choralarini ko‘rish yohuquqini o‘zida saqlab qoladi», — deya qo‘shimcha qildi vazirlik.

​Bundan tashqari, Eronning Ozarboyjondagi favqulodda va muxtor elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va u yerda Eron tomoniga norozilik notasi topshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid