Logo

Front chizig‘i va resurslar jangi: Kim birinchi charchaydi? | Fikr vaqti

Ukrainadagi urush to‘rtinchi yildirki davom etmoqda va bugunga kelib u nafaqat front chizig‘i, balki iqtisodiy va infratuzilmaviy jabhalarda ham yangi bosqichga kirdi.

Bugun Kiyevning strategik dron zarbalari Rossiya ichkarisidagi neft zavodlari va tijorat omborlariga yetib borib, Kremlning ichki bozorida tizimli yoqilg‘i inqirozini keltirib chiqarmoqda. Ammo ayni paytda Donbass frontida vaziyat kiritk — Rossiya katta mobilizatsiyasiz ham oldinga siljishga harakat qilyapti. Shuningdek, urushning energetik va iqtisodiy oqibatlari sekin asta Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonda bo‘y ko‘rsata boshladi. Har holda so‘nggi vaqtlarda mamlakatdagi shoxobchalarda benzin narxlari sezilarli ko‘tarilgan.

Xo‘sh, Ukrainaning ushbu kurashdagi asl g‘alaba formulasi nimada o‘zi? Rossiya iqtisodiyoti harbiy relsda yana qancha yashay oladi? Va O‘zbekiston shimoliy ta’minot zanjirlaridagi xavflardan qanday himoyalanishi kerak? Dasturimizning navbatdagi sonida siyosatshunos Shuhrat Rasul bilan ayni shu mavzularni tahlil qilamiz.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 116

Barchasi

Mavzuga oid