add

«G‘ishtko‘prik» posti intellektual bojxona maskani bo‘lishi va’da qilinmoqda

Bugun 09:383351

Qayta qurilgan «G‘ishtko‘prik» bojxona postida avtomobillar uchun ham «yashil» va «qizil» yo‘lak bo‘ladi.

«G‘ishtko‘prik» posti intellektual bojxona maskani bo‘lishi va’da qilinmoqda

Qurilish ishlari davom etayotgan «G‘ishtko‘prik» bojxona postiga Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov borib ko‘rdi. Endi bu 9 gektarlik hududdagi obyekt oddiy raqamlashgan emas, balki intellektual post sifatida faoliyat yuritadi, deb xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Bu yerda piyoda yo‘lovchilar uchun joriy qilingan «yashil» va «qizil» yo‘laklar tizimi ilk bor yengil avtotransport vositalariga ham tatbiq etiladi. Mazkur maqsadda nafaqat respublikada va butun Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi marta «Z-portal» skaner majmuasi o‘rnatildi.

gishtkoprik3

Navbatlarning oldini olish uchun postda 16 ta avtoyo‘lak qurilgan, avtobuslar esa alohida yo‘laklar orqali harakatlanadi. Shu bilan kunlik o‘tkazuvchanlik 1500 ta avtomashina va 50 mingdan ortiq yo‘lovchiga yetkazildi.

«G‘ishtko‘prik» postida «yashil energiya»ga ham katta e’tibor qaratilgan. Quyosh panellari nafaqat elektr manbasi, balki avtoturargoh vazifasini ham bajaradi.

gishtkoprik2

Ekologiyaga e’tibor ifodasi sifatida postni rekonstruksiya qilishda bor mavjud daraxtlar saqlab qolindi. Loyihalash ishlari ham aynan shunga mos ravishda bajarildi. Kuz mavsumida esa 2 mingdan ziyod yangi ko‘chatlar ekilib, hudud yanada ko‘kalamzorlashtirildi.

gishtkoprik1

Eslatib o‘tamiz: Qozog‘iston chegarasidagi G‘ishtko‘prik bojxona posti 2025 yilning 5-fevralida 4 oylik ta’mirlash vaji bilan yopilgan edi. Uning qachon rasman qayta ochilishi ma’lum qilinmagan.

Teglar

Mavzuga oid

«G‘ishtko‘prik» posti intellektual bojxona maskani bo‘lishi va’da qilinmoqda | Vaqt.uz