add

Google va Samsung batareyani «yemiradigan» ilovalarga qarshi kurash boshladi

Bugun 09:193991

2026 yildan boshlab Android foydalanuvchilari batareyani tez tugatadigan ilovalar haqida oldindan ogohlantiriladi.

Google va Samsung batareyani «yemiradigan» ilovalarga qarshi kurash boshladi

Google va Samsung qo‘shma ishlab chiqqan yangi tizim orqali, Galaxy smartfonlarida ortiqcha quvvat sarflaydigan ilovalar aniqlanadi va foydalanuvchiga u haqda ogohlantirish beriladi. Agar ilova foydalanuvchining roziligisiz ortiqcha batareya quvvati sarflansa, Google uni Play Store’da kamroq ko‘rsatadi. Bu yangilik 2026 yil 1-martdan kuchga kiradi.

Yangi tizimda ishlatiladigan ko‘rsatkich Samsung’ning batareya sarfi bo‘yicha to‘plagan foydalanuvchi tajribasi ma’lumotlariga asoslangan. Ushbu mexanizm avval 2025 yil aprelida beta versiyada sinovdan o‘tkazilgan va endi Android dasturchilar uchun ochiqlangan. U faqat orqa planda, foydalanuvchi tomonidan boshqarilmagan holda batareya ishlatayotgan ilovalarni qamrab oladi.

Masalan, musiqa tinglash yoki ma’lumot yuklash kabi foydalanuvchi boshlagan jarayonlar batareya «yemirilishi» deb baholanmaydi. Lekin o‘z-o‘zidan ishlab, tizimga yuklama beradigan, nochor optimallashtirilgan dasturlar esa Google’ning e’tiborida bo‘ladi.

Yangi tizim ishga tushganidan so‘ng, Play Store foydalanuvchilarni «Ushbu ilova orqa planda yuqori faollik sababli batareya quvvatini ko‘p sarflashi mumkin» deb ogohlantiradi. Bu esa odamlarga foydalanmasdan turib qurilmani zaryadsiz qoldiradigan ilovalarni osonlikcha aniqlash va ulardan voz kechish imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid

Google va Samsung batareyani «yemiradigan» ilovalarga qarshi kurash boshladi | Vaqt.uz