add

Gurjistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Kecha 17:252411 daqiqa

2026 yil 1-yanvardan Gurjistonga boradigan barcha chet el fuqarolari majburiy tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishi shart.

Gurjistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Uzbekistan Airways ma’lum qilishicha, 2026 yil 1-yanvardan boshlab Gurjistonga kiruvchi barcha chet el fuqarolari mamlakatda bo‘lish muddatining butun davrini qamrab olgan tibbiy sug‘urta polisiga ega bo‘lishi shart. Bunday polisga ega bo‘lmagan sayyohlar 300 lari (taxminan 1,3 mln so‘m) miqdorida jarima to‘laydi. Sug‘urta hujjati ingliz yoki gruzin tilida rasmiylashtirilgan bo‘lishi va mamlakatda qolishning to‘liq muddati uchun amal qilishi kerakligi qayd etilgan.

Yangi talablarga muvofiq:

  • Shoshilinch ambulator xizmatlar uchun kamida 5 ming AQSH dollari;

  • Statsionar davolanish va favqulodda holatlar, jumladan, evakuatsiya va repatriatsiya uchun esa kamida 30 ming AQSH dollarlik sug‘urta qoplami belgilanadi.

Gurjistonning tog‘li hududlariga boradigan sayohatchilar uchun esa alohida talablar qo‘llanilishi aytilgan.

Aviakompaniya ma’lumotida ta’kidlanishicha, sug‘urta hujjati doim yoningizda bo‘lishi shart. U mobil qurilmada elektron ko‘rinishda yoki chop etilgan holda taqdim etilishi mumkin. Polis mamlakatga kirishda ham, ichki hududlardagi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ham so‘ralishi mumkin.

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga safar paytida ortiqcha muammolar yuzaga kelmasligi uchun barcha zarur hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yishni tavsiya qildi.

Teglar

Mavzuga oid