add

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik ko‘p kuzatiladi

Bugun 12:35592 daqiqa

9-12-dekabr kunlari mamlakat bo‘ylab yomg‘irli, ba’zida qorli ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…-5 daraja, kunduzi +13… +19 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik ko‘p kuzatiladi

O‘zgidromet hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab ko‘p yog‘ingarchilik kuzatilishini ma’lum qildi.

9-dekabr kuni kunduzi O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi. 10-dekabr kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

11-dekabrda respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

12-dekabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Respublikaning ba’zi hududlariga tuman tushishi mumkin.

Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida sekundiga 13-18 metrgacha, ayrim joylarida esa sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

9-10-dekabrda havo harorati kunduz kunlari +2...+7 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 11-12-dekabrda harorat asta-sekin +13...+15 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda +16...+19 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

10-11-dekabrda harorat kechalari 0...-5 daraja sovuq, shimolda -5...-10 daraja sovuq, 12-dekabrda +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 9-10-dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 9-dekabrda qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 9-dekabrda kechasi va ertalab, 10-dekabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 0...-2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari +4...+7 daraja iliq bo‘ladi.

11-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-dekabrga kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 11-dekabrda kechasi 0...-2 daraja sovuq, kunduzi +8...+10 daraja iliq, 12-dekabrda kechasi +4...+6 daraja iliq, kunduzi +12...+14 daraja iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Teglar

Mavzuga oid