Logo

«Hana Bank» O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

Kecha 21:132 daqiqa

Bank O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan memorandum imzoladi va yil oxirigacha mamlakatda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.

«Hana Bank» O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi © Foto: yna.co.kr

Janubiy Koreyaning «Hana Bank» kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan investitsiyalar va moliya sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladi. Ushbu hujjat 11-sentabr kuni imzolangan. Bu haqda «Yonhap News» agentligi xabar berdi.

Mazkur kelishuv doirasida ikki tashkilot O‘zbekistondagi potensial moliyaviy hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib olgan.

Shuningdek, vazirlik «Hana Bank» muassasasining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishini bevosita qo‘llab-quvvatlagan. Bundan tashqari, O‘zbekiston moliya sohasini rivojlantirish maqsadida keng qamrovli hamkorlikni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Markaziy Osiyo bozoriga kirish va joriy yilgi rejalar

Ma’lum qilinishicha, «Hana Bank» O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasiga kirish uchun o‘zining asosiy markazi sifatida tanlagan va ayni paytda mamlakat hududida o‘z vakolatxonasini ochish ustida ish olib bormoqda.

Bank rejasiga ko‘ra, yil oxiriga qadar mahalliy vakolatxonani tashkil etish ishlari to‘liq yakunlanadi. Shundan so‘ng, bank Markaziy Osiyo moliya bozori va undagi biznes imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, mahalliy bozorga to‘laqonli kirib kelishni boshlaydi.

«Ushbu kelishuvning imzolanishi orqali biz O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaymiz hamda ikki mamlakatning moliyaviy va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan turli hamkorlik loyihalarini ishlab chiqamiz», — dedi bank vakili.

Eslatib o‘tamiz,1997 yildan buyon O‘zbekistonda Janubiy Koreya kapitali ishtirokidagi «KDB Bank Uzbekistan» faoliyat yuritib kelmoqda

Teglar

Mavzuga oid