Logo

Hindistonda Telegram faoliyati vaqtincha cheklandi

Bugun 17:501 daqiqa

Hindiston hukumati firibgarlik holatlari ortidan Telegram'ga cheklov joriy qildi.

Hindistonda Telegram faoliyati vaqtincha cheklandi

Hindiston hukumati Telegram messenjeridan foydalanishni vaqtincha chekladi. Qaror mamlakatdagi tibbiyot oliygohlariga kirish uchun o‘tkaziladigan NEET imtihoni bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ortidan qabul qilindi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar berdi.

Mamlakat Ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Telegram platformasidan 2026 yil 21-iyunga belgilangan NEET imtihonini qayta topshiradigan abituriyentlarni aldash va noqonuniy sxemalarni tashkil etishda foydalanilgan.

Avvalroq Hindiston hukumati NEET imtihonini savollar oldindan sizdirilgani aniqlangach bekor qilgan edi. Mazkur holat mamlakatning turli hududlarida talabalar noroziligiga sabab bo‘lgan.

Hukumat Telegram'ni bloklash vaqtinchalik chora ekanini bildirib, avval platformadagi noqonuniy kontentni olib tashlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar kutilgan natijani bermaganini qayd etdi.

Telegram hozircha ushbu qaror yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Teglar

Mavzuga oid