Ijtimoiy tarmoqlar reytingi: qaysi banklar faolroq?

Bugun 17:421 daqiqa

O‘zbekistondagi banklarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi reytingi e’lon qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar reytingi: qaysi banklar faolroq?

SNS Ratings 2026 yil mart oyi uchun O‘zbekiston banklarining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi bo‘yicha yangi reytingni e’lon qildi. Unda jami 33 ta tijorat bankining natijalari qamrab olingan.

Reytingni shakllantirishda banklarning Instagram, Telegram, Facebook, YouTube, LinkedIn hamda X (Twitter) kabi asosiy platformalardagi faolligi inobatga olingan. Xususan, kontent yangilanishi, auditoriya bilan muloqot, obunachilar soni va umumiy qamrov kabi ko‘rsatkichlar asosiy mezon sifatida baholangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, reytingda ishtirok etgan banklarning ijtimoiy tarmoqlardagi umumiy auditoriyasi 3 million nafardan oshib ketgan. Eng faol tarmoq sifatida Instagram e’tirof etilgan.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda banklarning ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilari soni 1,1 million nafarga oshgan. O‘tgan yilda eng faol bank sifatida “Anorbank” yetakchilik qilgan bo‘lsa, hozirgi reytingda birinchi o‘rinni “TBC Bank” egallab turibdi. Qayd etilishicha, mazkur bank 2025 yil mart oyidan buyon yetakchilikni qo‘ldan boy bermagan.

Shuningdek, “TBC Bank”ning Instagram sahifasi banklar orasida eng ko‘p obunachiga ega hisoblanadi. Boshqa platformalar kesimida esa Xalq banki Telegram'da, “Kapitalbank” Facebook'da, “Agrobank” esa You Tube'da eng ko‘p obunachilarga ega banklar sifatida qayd etildi.

Telegram'dagi Top-10:

1

Inatagram'dagi Top-10:

2

Facebook'dagi Top-10:

3

You Tube'dagi Top-10:

4

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi bank va fintex kompaniyalarining mobil ilovalari reytingi haqida ma’lumot bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid