Ipoteka bank boshqaruv raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bunga qadar bankning Raqamli texnologiyalar direksiyasi direktori bo‘lib ishlab kelayotgan Mixail Danilin ushbu lavozimni egalladi.
© SpotMixail Danilin uch yil muddatga Ipoteka bank boshqaruv raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
U yangi lavozimda bankning IT bo‘limiga rahbarlik qiladi. Tegishli qaror 28-oktabr kuni bank aksiyadorlarining yig‘ilishida qabul qilingan.
Tayinlov Markaziy bank roziligi olingach rasman kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, Danilin Mixail Alekseyevich 1984 yilda Rossiyaning Moskva viloyatida tug‘ilgan.
2006 yilda Moskva davlat instrumentologiya va informatika universiteti, 2009 yilda esa Xalq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005 yilning avgust oyida Standard Bank tizimida loyiha menejeri sifatida boshlagan.
Keyingi 20 yil davomida mamlakatdagi bir qator banklarda, asosan, mahsulotlar va tranzaksion xizmatlarni rivojlantirishda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2025 yilning sentabr oyiga kelib Ipoteka bank OTP guruhida ishlay boshlagan. Tayinlovgacha mazkur bankning Raqamli texnologiyalar direksiyasi direktori edi.





