Iyul oyining oxirgi haftasida issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
27–31-iyul kunlari O‘zbekistonda havo harorati ayrim hududlarda +42 darajagacha ko‘tariladi.
© Vaqt.uz | Javhar ChorshanbiyevaIyul oyining oxirgi haftasida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
27–31-iyul kunlari havo harorati kunduz kunlari +37...+40 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +41...+42 darajagacha bo‘ladi. Bu iyul oyining oxiri uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan +2...+3 darajaga yuqoridir.
Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan kunduzgi +38...+39 daraja atrofida, kechasi +23...+25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi.





