JCH-2026. O‘zbekiston — Portugaliya o‘yini uchun tarkiblar ma’lum
«Oq bo‘rilar»ning jahon reytingida 5-o‘rinni egallab turgan yulduzli raqibga qarshi bahsi 22:00da boshlanadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ikkinchi o‘yiini Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi.
FIFA reytingida 5-o‘rinni egallab turgan yulduzli raqibga qarshilik qiladigan tarkib e’lon qilindi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi va ZoʼrTV telekanali orqali efirga uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda O‘zbekiston Kolumbiyaga (1:3) yutqazgan, Portugaliya esa Kongo DR (1:1) bilan durang o‘ynagan.
JCH-2026. K guruhi. 2-tur
Portugaliya — O‘zbekiston
23-iyun, Hyuston.
Portugaliya — Koshta, Kanselu, Diash, Veyga, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Fernandesh, Feliks, Netu, Ronaldu.
O‘zbekiston — Abduvohid Ne’matov, Behruz Karimov, Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Abdulla Abdullayev, Sherzod Nasrullayev, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev, Abbos Fayzullayev, Eldor Shomurodov.

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





