Logo

JCH-2026. Niderlandiya Shvetsiyaga 5 ta gol urdi, Brobbi va Gakpoda dubl

Bugun 00:001 daqiqa

Kuman jamoasi F guruhi peshqadamiga aylandi.

JCH-2026. Niderlandiya Shvetsiyaga 5 ta gol urdi, Brobbi va Gakpoda dubl

Jahon chempionatida 2-tur bellashuvlari davom etmoqda.

F guruhida Yevropa vakillari o‘rtasidagi bahsda Niderlandiya (4) Shvetsiya (3) darvozasini 5 bor ishg‘ol qilib, peshqadamga aylanib oldi.

Brobbi va Gakponing dubllariga Elanga bir marta javob berdi. Shuningdek, Kuman jamoasidan Dumfris ikki assistni, Sammervill gol+assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Yaponiya (1) Tunisga (0) qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. F guruhi. 1-tur
Niderlandiya — Shvetsiya 5:1

20-iyun. Hyuston
Gollar: Brobbi (5, 17), Gakpo (47, 54), Sammervill (89) — Elanga (59).
Niderlandiya — Verbryuggen, Dumfris, van Hekke, van Dey, van de Ven, de Yong (Kopmeyners, 59), Reynders (Til, 59), Gravenberh, Malen (Sammervill, 46), Gakpo (Lang, 90), Brobbi.
Shvetsiya — Nordfeldt, Lagerbiyelke, Hin, Lindelyof, Karlstrom (Zeneli, 55), Bernhardsson (Elanga, 55), Nyugren (Bergvall, 55), Ayyari (Ali, 79), Gudmundsson (Strud, 90+3), Gokeresh, Isak.
Ogohlantirishlar: Gudmundsson (53), Ayyari (75), Bergvall (80).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid