Logo

Qozog‘istonda investitsiyalar hajmi 6,74 trillion tengega yetdi

Bugun 19:141 daqiqa

Investitsiyalarning eng katta qismi kichik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelib, ular 3,74 trillion tenge sarmoya jalb qildi.

Qozog‘istonda investitsiyalar hajmi 6,74 trillion tengega yetdi

2026 yilning yanvar–may oylarida Qozog‘istonga kiritilgan investitsiyalar hajmi 6,74 trillion tengega yetdi. Ularning eng katta qismi kichik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelib, ular 3,74 trillion tenge sarmoya jalb qildi.

Yirik biznesga 2,17 trillion tenge, o‘rta biznesga esa 828,5 milliard tenge investitsiya yo‘naltirildi. Yirik va o‘rta biznes hissasi birgalikda jami investitsiyalarning qariyb yarmini tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish Ulytau viloyatida qayd etilib, sarmoyalar hajmi 2,5 baravarga oshdi. Shuningdek, Jambil, Turkiston, Olmaota va Abay viloyatlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi.

Investitsiyalarning umumiy hajmi bo‘yicha Ostona (12,4 foiz) va Olmaota (11,4 foiz) shaharlari yetakchilik qilmoqda.

Yo‘naltirilgan mablag‘larning 60,1 foizi qurilish va kapital ta’mirlash ishlariga, 35,1 foizi esa mashina-uskunalar hamda transport vositalarini xarid qilishga sarflangan.

Tarmoqlar bo‘yicha sarmoyalarning qariyb yarmi sanoatga, jumladan tog‘-kon va metallurgiya sohalariga yo‘naltirilgan. Shuningdek, ko‘chmas mulk operatsiyalari va transport-logistika sektori mos ravishda 19,3 foiz va 16 foiz ulush bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Teglar

Mavzuga oid