Logo

Farg‘ona va Samarqandda kredit uchun pora olgan bank xodimlari ushlandi

Bugun 19:401 daqiqa

Farg‘ona viloyatidagi holatda bank xodimi 2,5 mlrd so‘m kredit ajratib berishi evaziga ushbu kredit miqdorining 5 foizini talab qilgan.

Farg‘ona va Samarqandda kredit uchun pora olgan bank xodimlari ushlandi © Depositphotos

Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida kredit ajratish bilan bog‘liq korrupsiya holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tijorat banki bank xizmatlari markazi boshlig‘i R.S. tadbirkorlik faoliyati uchun 2,5 mlrd so‘m kredit ajratib berishni va’da qilgan. U kredit summasining 5 foizini, ya’ni 125 mln so‘mni oldindan berishni talab qilib, fuqarodan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Samarqand viloyatida esa tijorat banki bank xizmatlari markazi boshlig‘i D.I. “D.D.” MCHJ rahbariga 75 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratib bergani uchun olgan mablag‘ining bir qismini — 10,7 mln so‘mni qaytarib berayotgan vaqtida qo‘lga tushgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur summa avval olingan 2 150 AQSH dollarining bir qismi bo‘lgan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid