JSST rahbari Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurashda yetakchi deb atadi
Toshkent shahridagi Respublika bolalar onkologiyasi JSST Bosh direktori Doktor Tedros Gebreyesus o‘zining «X» sahifasida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan uchrashuv taassurotlari haqida bo‘lishdi.
© Foto: uza.uzJahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurashda muhim yetakchi sifatida e’tirof etdi.
«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori doktor Tedros Adxanom Gebreyesus Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurgan.
Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, aynan Ziroat Mirziyoyeva rahbarligida fond bolalar onkologiyasi sohasida tibbiy xizmatlar sifatini keng miqyosda yaxshilashda muhim o‘rin tutmoqda.
«Ushbu maskanlar orqali Birinchi xonim hamda jarayonda ishtirok etayotgan barcha tibbiyot xodimlari va pedagoglar saraton bilan yashayotgan bolalarga kasallikni yengib o‘tishlari va o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur bo‘lgan tibbiy va ijtimoiy yordamni ko‘rsatmoqdalar. Men ushbu muassasalar yaratayotgan imkoniyatlar tufayli muolaja olayotgan va kelajakka umid bilan boqayotgan ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashganimdan xursand bo‘ldim», - deya yozdi JSST rahbari.





