add

JSST shakarli va alkogolli ichimliklarga aksiz soliqlarni oshirishga chaqirmoqda

Bugun 18:382 daqiqa

Tashkilot bu chora semizlik, diabet va boshqa kasalliklarni kamaytirishga yordam berishini ma’lum qildi.

JSST shakarli va alkogolli ichimliklarga aksiz soliqlarni oshirishga chaqirmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) butun dunyo hukumatlarini shakarli ichimliklar va alkogolga solinadigan soliqlarni sezilarli darajada oshirishga chaqirdi. Bu haqda tashkilotning global hisobotida ma’lum qilindi.

Tashkilot mutaxassislari fikricha, zararli mahsulotlarga nisbatan soliq stavkalarining past bo‘lishi ularning narxini arzonlashtirib, aholi uchun oson yetib borishini ta’minlamoqda. Oqibatda, semizlik, diabet, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklar, shuningdek, yoshlar o‘rtasida jarohatlanish holatlari ko‘payib bormoqda.

JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, inson salomatligi uchun zararli mahsulotlarga soliqlar kasalliklarning oldini olishning eng samarali mexanizmlaridan biridir.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 116 ta mamlakatda shakarli ichimliklarga aksiz solig‘i mavjud. Biroq, shirin ichimliklarning katta qismi hali ham soliqdan ozod qilingan. Alkogolli ichimliklarga aksiz solig‘i kamida 167 ta mamlakatda joriy etilgan bo‘lsa-da, ularning aksariyatida soliq stavkalari zamon talablariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqilmagan, bu esa spirtli ichimliklarni arzon narxda sotish imkonini bermoqda.

Tashkilotning ta’kidlashicha, alkogol va shakarli ichimliklarga soliqlar oshirilishi aholining aksariyat qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu chora zararli mahsulotlar iste’molini kamaytirish bilan birga, davlat daromadlarining oshishiga ham xizmat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistoanda 2026 yilning 1-fevralidan e’tiboran ayrim turdagi mahsulotlarga aksiz solig‘ig‘i oshirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid