Logo

Kelasi hafta ayrim hududlarda harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

Bugun 17:553 daqiqa

O‘zbekistonda kirib kelayotgan hafta davomida ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Ayrim viloyatlarda kunduzgi harorat +44 darajadan yuqorilaydi, ba’zi hududlarda esa yomg‘ir, momaqaldiroq va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Kelasi hafta ayrim hududlarda harorat +44 darajagacha ko‘tariladi © vaqt.uz

O‘zgidromet agentligi 28-iyun – 5-iyul hafta oralig‘idagi ob-havo prognozini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28-29-iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, 28-iyunda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 30-iyun-5-iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29-iyun va 1-iyulda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha, 28-29-iyunda ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-iyunda +20…+25 daraja, 29-iyun-5-iyulda 17-22 daraja, kunduzi 28-30-iyunda +28…+33 daraja, 1-2-iyulda +30 … +35 daraja, 3-5-iyulda +32 … +37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29-iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29-iyun va 1-iyulda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha, 28-29-iyunda ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-29-iyunda +22 … +27 daraja, 30-iyun – 5-iyulda +20 … +25 daraja, kunduzi 28-iyunda +39 … +44 daraja, 29-iyunda +30 … +35 daraja, 30-iyun-5-iyulda +32 … +37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29-iyunda Toshkent viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyunda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-29-iyunda +22 …+27 daraja, 30-iyun-5-iyulda +20 … +25 daraja, kunduzi 28-iyunda +37 … +42 daraja, 29-iyun-1-iyulda +30 … +35 daraja, 2-5-iyulda +32 … +37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyun va 1-iyulda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-29-iyunda +23 … +28 daraja, 30-iyun-5-iyulda +20 … +25 daraja, kunduzi 28-iyunda +39 … +44 daraja, 29-iyun-1-iyulda +33 … +38 daraja, 29-iyunda ba’zi joylarda +40 darajagacha, 2-5-iyulda +34 … +39 daraja bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-iyun-2-iyulda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20 … +25 daraja, kunduzi 28-iyunda +35 … +40 daraja bo‘ladi, 29-iyun-1-iyulda +30 … +35 darajagacha pasayadi, 2-5-iyulda +32 … +37 daraja bo‘ladi.

Shuningdek, Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 30-iyunda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15 … +20 daraja, kunduzi 28-iyunda +25 … +30 daraja bo‘ladi, 29-iyun – 5-iyulda +20 … +25 darajagacha pasayadi.

Teglar

Mavzuga oid

Kelasi hafta ayrim hududlarda harorat +44 darajagacha ko‘tariladi | Vaqt.uz