
Kongodagi aviahalokat: vazir va delegatsiyasi olov qoplagan uchoqdan qutqarildi
Mis shaxtasida sodir bo‘lgan fojiani tekshirish uchun ketayotgan delegatsiya samolyoti qo‘nar chog‘ida yonib ketdi.

Kongo Demokratik Respublikasida Mehnat va konchilik vaziri hamda uning hay’atini olib ketayotgan uchoq Lualaba viloyatidagi Kalando mintaqasiga qo‘nayotgan paytda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, yonib ketdi.
Rasmiylarga ko‘ra, uchoq sahnidagi barcha yo‘lovchilar, shu jumladan vazir ham sog‘-salomat evakuatsiya qilindi. Hodisada hech kim halok bo‘lmagan va jarohatlanmagan.
Bu voqea mis shaxtasidagi fojiali halokatdan so‘ng yuz berdi. Lualaba viloyati ichki ishlar vaziri Roy Kaumba Mayondening ma’lum qilishicha, Kalandodagi mis konida yuz bergan tuproq ko‘chkisi oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘lgan. Qutqaruv ishlari hozir ham davom etmoqda, chunki yana bir necha kishi g‘ov ostida qolgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Mehnat vaziri konda ro‘y bergan fojiani shaxsan o‘rganish uchun hududga yo‘l olgan edi. Samolyot Kolvezi aeroportiga qo‘nishi chog‘ida yuz bergan halokatdan so‘ng, havo transporti xavfsizligi bo‘yicha maxsus tergov boshlangan.
Hozir ham ichki ishlar, ham favqulodda vaziyatlar xizmatlari kondagi fojia hamda samolyot halokati bo‘yicha bir vaqtning o‘zida ish olib bormoqda.
Avvalroq Kongoda mis konidagi fojia oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘lgani xaqida xabar bergan edik.





