Kredit stavkalari yangilandi: qaysi bank arzon?

Bugun 15:452 daqiqa

O‘zbekistonda mikrokredit va avtokredit stavkalari yangilandi. Eng arzon va qimmat banklar tahlili bilan tanishing.

Kredit stavkalari yangilandi: qaysi bank arzon?

Markaziy bank 2026-yil aprel oyi boshlanish haftasi bo‘yicha tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikrokredit va avtokreditlar foiz stavkalari bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 29,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22,8 foiz darajasida qayd etildi.

Yangi haftada mikrokredit va avtokredit stavkasida o‘sish kuzatildi. O‘tgan haftada mikrokreditlar Markaziy bank mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshlanganidan beri kuzatilgan eng past daraja bo‘lgan edi.

Mikrokreditlar

mik

Mikrokreditlar segmentida eng past stavka 21,4 foiz bilan «Aloqabank»da saqlanib qoldi. Undan keyin «Infinbank» 24,3 foiz va «Milliy bank» 24,4 foiz bilan nisbatan maqbul takliflar bermoqda. Shu bilan birga, «Trastbank» ham 24,7 foiz stavka bilan shu toifada qolmoqda.

O‘rta segmentda stavkalar 25–27 foiz oralig‘ida shakllangan. Jumladan, «BRB» 25 foiz, «OFB» 26,2 foiz, «Mikrokreditbank» 26,7 foiz va «Asakabank» 26,8 foiz hamda «Asia Alliance bank» 26,9 foizdan kredit ajratmoqda. «Kapitalbank» va «Agrobank»da ham stavkalar 27 foiz atrofida saqlanmoqda.

Yuqori segmentda esa farq sezilarli. «TBC bank»da 35,4 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz, «Anorbank»da 41,4 foiz va «Tenge bank»da 42,6 foizlik stavkalar qayd etildi. Bu segmentda yuqori foizlar saqlanib qolmoqda.

Avtokreditlar

av

Avtokreditlar bozorida eng past stavka 16,1 foiz bilan «Infinbank»da kuzatildi. Shuningdek, «Ipoteka bank» 17,3 foiz, «Davr bank» 18,3 foiz va «Apex bank» 18,8 foiz stavka bilan raqobatbardosh takliflar bermoqda.

O‘rta segmentda stavkalar 23–24 foiz oralig‘ida shakllangan. Xususan, «Asia Alliance Bank», «BRB» 23,1 foiz, «Milliy bank», «Aloqabank» hamda «Xalq banki» 23,6 foiz va «Ipak yo‘li Bank» 23,9 foiz stavka bilan kredit taqdim etmoqda. «Askabank» va «Agrobank»da bu ko‘rsatkich 24,5 foiz.

Yuqori segmentda esa stavkalar 25 foizdan yuqori. «Turonbank» 25,1 foiz, «Trastbank» 25,7 foiz, «Universal bank» 27 foiz va «Madad Invest Bank» 27,9 foiz stavka bilan avtokredit ajratmoqda.

Teglar

Mavzuga oid