add

Kreml: Putin–Uitkoff muzokaralari natijasiz tugadi

03.12.2025 | 11:256141 daqiqa

Kremldagi besh soatlik muzokaralardan so‘ng Rossiya Ukraina bo‘yicha AQSH bilan hech qanday kelishuvga kelinmaganini ma’lum qildi, ammo muloqot davom etishini bildirdi.

Kreml: Putin–Uitkoff muzokaralari natijasiz tugadi

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralarda hozircha kelishilgan «murosa» yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff o‘rtasidagi besh soatlik uchrashuvdan keyin aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH taklif qilgan ayrim g‘oyalarni Rossiya tomonidan qabul qilinadi, ba’zilari esa «mutlaqo mos kelmaydi».

Ushakovning ta’kidlashicha, ikki tomon muzokara mazmunini oshkor qilmaslikka kelishib olgan. Shu bilan birga, Putin Uitkoff orqali Donald Trampga «do‘stona salom» yo‘llagani aytildi. Rossiya tarafi muzokaralar konstruktiv ruhda o‘tganini, ammo jiddiy kelishuvga hali erta ekanini bildirmoqda.

CNN manbalariga ko‘ra, Amerikaning yuqori martabali delegatsiyasi Stiven Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner ham ishtirok etgan guruh Kremlda ancha vaqt kutib qolgan. Aytilishicha, delegatsiya bir necha kilometr uzoqlikda o‘tayotgan iqtisodiy forumda chiqish qilayotgan Putinni nutqi tugaguncha zalda uch soat kutishga majbur bo‘lgan.

Ushakov muzokaralarda Rossiya tomoni AQSH taklif qilgan ayrim bandlar bo‘yicha keskin e’tirozlarini bildirganini tasdiqladi. Amerikaliklar o‘z navbatida bu haqda Vashingtonga hisob beradi. Rossiya rasmiysiga ko‘ra, muzokaralar qo‘shimcha tahlil va qo‘shimcha aloqalarni talab qiladi.

Uchrashuv yakunida Kreml hech qanday bayonot bermadi. Uitkoff va Kushner to‘g‘ridan to‘g‘ri AQSHning Moskvadagi elchixonasiga yo‘l olgan. Tomonlar muzokara jarayoni davom etishini va qo‘shimcha muloqotlar bo‘lishini bildirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid