add

Krishtianu Ronaldu Oq uyga boradi

Bugun 21:353611

u AQSH prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashadi.

Krishtianu Ronaldu Oq uyga boradi

AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni qabul qiladi. Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, uchrashuv 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu avvalroq amerikalik yetakchi bilan ko‘rishish istagini bildirgan va Tramp ham bunga rozilik qaytargan. Muloqot AQSH, Kanada va Meksika ilk bor 48 jamoa ishtirokida o‘tkazadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonlari shafeligida o‘tmoqda. Portugaliya terma jamoasi musobaqaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani uchun Ronaldu kelasi yozdagi turnirga asosiy yetakchilardan biri sifatida boradi.

Futbolchi oxirgi o‘n yillikda AQSHga bormagan. Bunga 2009 yilda Las-Vegasda sodir etilgan zo‘rlash ayblovi yuzasidan mamlakatda ochilgan jarayonlar sabab bo‘lgan edi. 2019 yilda prokuratura ayblovlarni asossiz deb topdi, 2023 yilda esa sud Ronalduni ikkinchi da’vo bo‘yicha ham oqladi. Shuning uchun u mamlakatga qaytishini aniq bir vaziyatga bog‘lab kelayotgandi.

40 yoshli Krishtianu Ronaldu besh karra «Oltin to‘p» sohibi hisoblanadi va rasmiy statistikada jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi sifatida e’tirof etilgan. U Yevropaning eng nufuzli klublari — «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real Madrid» va «Yuventus» tarkiblarida o‘ynab, ulkan yutuqlarga erishgan. 2016 yilda Portugaliya bilan Yevropa chempioni atalgan Ronaldu o‘tgan hafta bo‘lajak jahon chempionati uning karerasidagi so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid

Krishtianu Ronaldu Oq uyga boradi | Vaqt.uz