add

«Mahalla yettiligi»ga yangi vakolat berilmoqda

Kecha 07:585942 daqiqa

Endi ular ehtiyojmand oilalarni Ijtimoiy Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirita oladi.

«Mahalla yettiligi»ga yangi vakolat berilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini kengaytirishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi

Kambag‘al hamda kambag‘allikka tushish xavfi bo‘lgan oilalarni aniqlash, ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlarni yagona tizim asosida, aholining real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish yo‘nalishidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan davrda Ijtimoiy himoya yagona reyestri doirasida 1,8 million oilaning ijtimoiy holati baholanib, 739 ming oila, shu jumladan kambag‘al hamda kambag‘allik chegarasidagi oilalar reyestrga kiritildi. Ularga nafaqa va moddiy yordamlar tayinlandi.

Endi bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestri negizida Ijtimoiy reyestr yuritiladi va unda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib alohida toifalarga — davlat ta’minotidagi oilalar, kambag‘al oilalar hamda kambag‘allik chegarasidagi oilalarga ajratiladi, har bir toifaga mos yordam va xizmatlar ko‘rsatiladi.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari aholining daromad darajasi va bandlik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda differensial yondashuv asosida amalga oshiriladi. Xususan, ayrim toifadagi imkoniyati cheklangan oilalar uchun bandlik talab etmagan holda ijtimoiy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, «mahalla yettiligi»ga mehnat qilish imkoniyati cheklangan va og‘ir hayotiy vaziyatdagi oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish huquqi beriladi.

Shuningdek, reyestrga kiritilgan oilalarning daromadini oshirish, sog‘liqni saqlash, bandlik, uy-joy va boshqa yo‘nalishlarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, mehnatga layoqatli a’zolarni bandlikka jalb qilish hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish choralari ko‘riladi.

Hududlarda ehtiyojmand aholiga kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni kengaytirish maqsadida hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. 2026-2027 yillarda 20 ta shunday markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Markazlarda qarab turish, parvarishlash, abilitatsiya, reabilitatsiya va ta’lim bilan bog‘liq kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.

Markazlar orqali nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar, hamda yolg‘iz shaxslarni qamrab olish, kunduzgi xizmatlar hisobiga ularning ijtimoiy muassasalarga doimiy joylashtirilishini qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, xizmatlardan foydalanish jarayonlarini raqamlashtirish, elektron yo‘llanmalarni joriy etish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar monitoringini ta’minlash belgilangan.

Teglar

Mavzuga oid