«Malika» bozori yaqinidagi yo‘llarda tirbandliklarni bartaraf etish rejalashtirilmoqda

Bugun 11:551 daqiqa

Toshkent shahridagi «Malika» bozori atrofida harakatni tartibga solish jarayonida bekatlarning joylashuvi o‘zgartiriladi, harakat sxemasini tuzatilib, svetoforlar ishini optimallashtirish va parkovkalarni tartibga solish ishlari amalga oshiriladi.

«Malika» bozori yaqinidagi yo‘llarda tirbandliklarni bartaraf etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi «Malika» bozori atrofidagi to‘siqlar bitta bekatga bog‘liq emasligini ma’lum qildi. Hududda transport oqimi, jamoat transporti, piyodalar va bozorga kirish yo‘llari bir vaqtda kesishi sababli murakkab vaziyat yuzaga kelmoqda.

Mutaxassislar chorraha geometriyasi va yo‘laklarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini, shuningdek, svetofor boshqaruvi tizimi samaradorligini baholab, turli variantlarni modellashtirmoqda. Shuningdek, yo‘l qismidan foydalanish, to‘xtash joylari va transport oqimining ta’siri o‘rganilmoqda.

Ish jarayonida:

Chorraha geometriyasi va yo‘laklarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati tahlil qilinmoqda;

Svetofor boshqaruvi tizimi samaradorligi baholanmoqda;

Yo‘l qismidan amaldagi foydalanish holati, jumladan, to‘xtash joylari hisobga olinmoqda;

Turli yechimlarning transport va piyodalar oqimiga ta’siri modellashtirilmoqda.

Yangi avtobus yo‘laklari

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 2026-yilda to‘rta ko‘chada BRT (Bus Rapid Transit) yo‘laklari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda 16,2 kilometr uzunlikdagi yo‘nalishlar Shahrisabz, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek va Yangi Sergeli ko‘chalarini qamrab oladi. Hozirda tizimni joriy etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Bu ishlar natijasida hududdagi to‘siqlar kamayishi, jamoat transporti samaradorligi oshishi va piyodalar uchun xavfsiz yo‘l sharoiti yaratilishi kutilamoqda. Mutaxassislar kompleks yondashuv orqali hududdagi transport oqimini tartibga solish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Teglar

Mavzuga oid