Logo

Markaziy Osiyodagi eng qimmat benzin O‘zbekistonda sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

Bugun 21:392 daqiqa

Turli mamlakatlardagi narxlar farqi benzinga solinadigan turli soliqlar va subsidiyalar bilan izohlangan.

Markaziy Osiyodagi eng qimmat benzin O‘zbekistonda sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

2026 yil 6-iyul holatiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda benzinning eng qimmat narxi O‘zbekistonda kuzatilib, bir litr uchun 1,340 AQSH dollarini tashkil qilmoqda. Bu haqda «GlobalPetrolPrices» portali ma’lumotlarida keltirilgan.

Jahon bo‘yicha benzinning o‘rtacha narxi 1,47 dollarni tashkil etgan bir vaqtda, mintaqa davlatlarida ushbu ko‘rsatkich sezilarli darajada farq qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyoda eng arzon benzin Turkmanistonda sotilmoqda.

Markaziy Osiyo va MDH davlatlaridagi narxlar

Keltirilgan ro‘yxatga asosan, Markaziy Osiyo davlatlari orasida narxlar quyidagicha taqsimlangan: O‘zbekistonda 1 litr benzin 1,340 dollar, Qirg‘izistonda 1,016 dollar, Qozog‘istonda 0,687 dollar va Turkmanistonda 0,428 dollarni tashkil etadi.

MDHning boshqa davlatlari va Rossiyada ham narxlar Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlariga nisbatan arzonroq shakllangan. Xususan, Rossiyada benzin narxi 0,943 dollarni tashkil qilmoqda. Belarusda ushbu ko‘rsatkich 0,942 dollar, Ozarboyjonda esa 0,676 dollar etib qayd etilgan.

Reytingga ko‘ra, eng arzon benzin Liviya (0,023 dollar), Eron (0,029 dollar) va Venesuelada (0,035 dollar) qayd etilgan. Eng qimmat narx esa Gonkongda (4,06 dollar) kuzatilgan. Shuningdek, yonilg‘i bozorlarini davlat tomonidan tartibga soluvchi mamlakatlarda narxlar har oyda, boshqa davlatlarda esa har haftada yangilanib borishi ta’kidlangan.

Turli mamlakatlardagi narxlar farqi benzinga solinadigan turli soliqlar va subsidiyalar bilan izohlanadi. Barcha davlatlar xalqaro bozorlardagi neftdan bir xil narxda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, ular tomonidan turli miqdordagi soliqlar joriy etilganligi sababli yakuniy benzin narxlari turlicha ko‘rinish oladi.

Teglar

Mavzuga oid