Logo

Markaziy Osiyodagi ilk lyuks poyezd O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yiladi

Bugun 20:551 daqiqa

Hashamatli poyezd Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivani bog‘laydi.

Markaziy Osiyodagi ilk lyuks poyezd O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va Italiya «Samarkand Express» lyuks turistik poyezdi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur loyiha Markaziy Osiyo tarixidagi birinchi yuqori darajadagi sayyohlik temir yo‘l marshruti bo‘lishi kutilmoqda.

Bitimni 16-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida «Arsenale International» bosh direktori Raffaele Breski, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetov imzoladi.

Ta’kidlanishicha, hujjat O‘zbekistonning madaniy va turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihani muvofiqlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini belgilab beradi.

Tarixiy shaharlar bog‘lanadi

Loyiha doirasida tashkil etiladigan lyuks poyezd Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini yagona turistik marshrutga birlashtiradi.

Qayd etilishicha,, yangi poyezd xorijiy sayyohlarga O‘zbekistonning boy madaniy merosi va Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan tarixiy maskanlar bilan tanishishning yangi formati taklif etadi.

Teglar

Mavzuga oid