May oyida birjada aksiyalar savdosi 243 mlrd so‘mdan oshdi

Bugun 14:551 daqiqa

Asosiy savdo maydonchasida eng katta aylanma «UzNIF» aksiyalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

May oyida birjada aksiyalar savdosi 243 mlrd so‘mdan oshdi © AP Photo/Mark Lennihan

2026 yil may oyi yakunlariga ko‘ra, «Toshkent» respublika fond birjasida aksiyalar bilan tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 243,27 mlrd so‘mni tashkil qildi. Hisobot davrida jami 60 084 ta bitim amalga oshirilgan.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hajmning 23,67 mlrd so‘mi yoki umumiy savdolarning qariyb 10 foizi «Main Board» asosiy savdo maydonchasiga to‘g‘ri kelgan.

Asosiy savdo maydonchasida eng yuqori savdo hajmi «UzNIF» aksiyalarida qayd etildi. May oyida mazkur qimmatli qog‘ozlar bilan tuzilgan bitimlar hajmi 12,18 mlrd so‘mga yetgan.

Reytingda ikkinchi o‘rinni «Hamkorbank» aksiyalari egallab, savdo hajmi 2,79 mlrd so‘mni tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» aksiyalari 2,25 mlrd so‘m va «Uztelecom» aksiyalari 1,44 mlrd so‘mlik natija bilan qayd etildi.

Oy davomida savdo hajmining eng yuqori o‘sishi ham aynan «UzNIF» aksiyalarida kuzatilgan. Shuningdek, «Ipotekabank» aksiyalari savdo hajmi 70,72 foizga, «Uztelecom» aksiyalari esa 22,06 foizga o‘sgan.

Ayni vaqtda ayrim emitentlar aksiyalarida savdo faolligi pasaygan. Xususan, «Sanoat-quriish bank» aksiyalari bo‘yicha savdo hajmi 77,17 foizga, « «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» aksiyalarida 66,11 foizga, «Hamkorbank» aksiyalarida esa 56,04 foizga qisqargan.

Teglar

Mavzuga oid