May oyining so‘nggi haftasi qanday ob-havoda o‘tadi?

Bugun 12:292 daqiqa

Hafta boshida O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi, hafta oxirida esa harorat keskin isib ketishi kutilmoqda.

May oyining so‘nggi haftasi qanday ob-havoda o‘tadi? © Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 25-31-may kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Dushanba kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26-27-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Ushbu kunlarda havo harorati +25...+30 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +33...+35 darajagacha bo‘ladi.

28-mayda respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +2...+3 darajaga ko‘tariladi.

29-31-mayda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari +35...+38 darajagacha ko‘tariladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, 25-28-mayda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Ayrim joylarda kuchli jala yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.

29-31-mayda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. 25-31-mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, 26-27-mayda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 Toshkent shahrida dushanba kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +26...+28 daraja bo‘ladi. 26-mayda kechga tomon va 27-mayda kun davomida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +16...+18 daraja, kunduzi 26-mayda +28...+30 daraja, 27-mayda +26...+28 daraja bo‘ladi. 28-31-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin +33...+36 darajagacha ko‘tariladi. Shamol sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 26-27-mayda 10-12 metrgacha kuchayadi.

Teglar

Mavzuga oid