Metan «zapravka»lar ish vaqti cheklandi

05.03.2026 | 14:161 daqiqa

Gaz bosimi pasayishi sababli aholi va ijtimoiy obyektlarni ustuvor ta’minlash uchun metan shoxobchalari vaqtincha qisqartirilgan rejimda ishlamoqda.

Metan «zapravka»lar ish vaqti cheklandi

5-mart kuni O‘zbekistondagi metan gaz quyish shoxobchalari soat 16:00 ga qadar ishlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik izohiga ko‘ra, mazkur qaror tabiiy gaz bosimi pasaygan davrlarda aholi va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni uzluksiz yoqilg‘i bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Farg‘ona vodiysi

Farg‘ona vodiysi hududida esa metan gaz quyish shoxobchalarining ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bu yerda shoxobchalarning ish vaqti gaz tarmoqlaridagi bosim darajasi va umumiy iste’mol hajmidan kelib chiqib tartibga solinadi.

Vazirlikka ko‘ra, bunday cheklovlar gaz resurslaridan oqilona foydalanish va ta’minot barqarorligini saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, mutasaddilar bu choralar vaqtinchalik ekanini ta’kidlamoqda. Ayni paytda gaz bosimini me’yoriy holatga qaytarish bo‘yicha texnik va tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Avvalroq 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilishi haqida xabar berilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid