Mubashshir Ahmad ustidan sud jarayoni boshlandi
19.08.2025 | 23:002 daqiqa
19 avgust kuni JIB Uchtepa tuman sudida taniqli diniy ulamo, Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan Alisher Tursunov ishi bo‘yicha sud majlisi boshlandi. Ayblov xulosasiga ko‘ra, u JKning 3 ta moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. (https://vaqt.uz/?p=13690)

Ma’lumot uchun, «Azon Global» portali asoschisi Alisher Tursunov joriy yilning 10 may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilinganidan so‘ng hibsga olingan. Jinoyat kodeksining 244 prim 3 moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, keyinroq shu moddaning 1-qismi «g» bandi bilan qo‘shimcha ayblov e’lon qilingan. Oradan sal fursat o‘tib, ayblovlarga 156-moddasi 2-qismi ham ishga qo‘shilgan.
Sud jarayoni rasman ochiq deb belgilangan bo‘lsa-da, unda qat’iy cheklovlar joriy etildi. Jurnalistlar sud zaliga kiritildi, ammo kamera va telefon vositalaridan foydalanish taqiqlandi. Shuningdek, ularga suddan tashqarida fikr bildirish mumkin emasligi aytildi.
Keyingi sud majlisi 8 sentyabr kuni o‘tkazilishi e’lon qilindi.
Videoni Youtubeʼda tomosha qiling:
👉https://youtu.be/lDiwDGNHLzY





