add

Nasldor qoramol va bir kunlik jo‘jaga ajratiladigan subsidiya muddati uzaytriladi

Kecha 18:582172 daqiqa

Kelasi yil chorvachilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Jahon banki va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi resurslaridan 157 million dollar imtiyozli mablag‘ ajratiladi.

Nasldor qoramol va bir kunlik jo‘jaga ajratiladigan subsidiya muddati uzaytriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazar ekan, chorvachilikni jadal rivojlantirish bo‘yicha kelgusi yilgi asosiy ustuvor vazifalarni e’lon qildi. Davlat rahbari tarmoqdagi ishlab chiqarishni kengaytirish, nasl yangilash va fermerlar xarajatlarini kamaytirish maqsadida yirik moliyalashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’kidladi.

Kelasi yil mamlakat chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 100 ming bosh qoramol va 200 ming bosh qo‘y-echki import qilinishi belgilangan. Bu orqali mahalliy fermerlar uchun nasl yangilash, mahsuldorlikni oshirish va ichki bozorda barqaror taklifni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, paxta va g‘alla yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan fermerlarga o‘z yer maydonining 20 sotixigacha yengil konstruksiyali inshoot qurib, chorvachilikni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.

Davlat tomonidan import qilinadigan nasldor qoramol hamda bir kunlik jo‘ja uchun ajratiladigan subsidiyalar amal qilish muddati yana besh yilga uzaytirildi. Bu mexanizm fermerlarning dastlabki xarajatlarini qisqartirish va yangi loyihalarni ҷadal rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kelasi yil chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Jahon banki hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi resurslaridan 157 million dollar ajratiladi. Ushbu mablag‘lar chorvadorlarga 10 yil muddatga, uch yillik imtiyozli davr bilan, 17 foiz stavkada taqdim etiladi.

Shu bilan birga, YIKAdan 150 million dollar va Osiyo taraqqiyot bankidan 60 million dollar jalb qilinishi belgilangan. Mablag‘larni samarali yo‘naltirish orqali kelgusi yil 5 trillion so‘mlik mingta loyihani ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Fransiya tajribasi asosida 167 ta tumanda 340 ta go‘sht va sut yo‘nalishidagi 50-60 boshli kichik chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid