add

Nikolas Maduro Kuba yoki Rossiyaga qochishi mumkin — Politico

Bugun 08:385151

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro rejimining ag‘darilishi ehtimoli ortib borar ekan, AQSH uning va yaqin tarafdorlarining taqdiri bo‘yicha bir nechta variantni muhokama qilmoqda.

Nikolas Maduro Kuba yoki Rossiyaga qochishi mumkin — Politico

Politico nashri ma’lumotlarga ko‘ra, Maduroning ehtimoliy iste’foga yuborilishi uchun Turkiya, Rossiya va Kuba kabi bir nechta mamlakatlar muqobil manzil sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Manbalarda ta’kidlanishicha, Donald Tramp ma’muriyati yordamchilari orasidagi g‘oyalardan biri — Maduro va uning atrofidagilar uchun xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratish.

Shu bilan birga, boshqa bir guruh amaldagilar Maduroni AQSHda sud qilish uchun qo‘lga olish variantini ham taklif qilmoqda. Yana bir qism manbalar esa narkokartellar bilan kurash bahonasida AQSHning harbiy bosimi Venesuelada beqarorlikka sabab bo‘lib, Maduro hokimiyatdan ketishiga olib kelishi mumkinligini bildirmoqda.

Politico nashrining yozishicha, muhokamalarda yana bir g‘oya — xususiy xavfsizlik kompaniyalaridan foydalanish. Ular Madurodan keyingi muvaqqat rahbariyatni dastlabki himoya bilan ta’minlash uchun jalb etilishi mumkin.

Agentlikka ko‘ra, AQSHning bir nechta idoralari — Davlat departamenti, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Pentagon va boshqalar mazkur masala bo‘yicha faol mulohaza yuritmoqda. Ba’zi rasmiylar sobiq amerikalik amaldorlar va mustaqil tahlilchilar bilan ham maslahatlashmoqda.

Nashrning yana bir manbasiga ko‘ra, Vashington nafaqat Venesuela muxolifati, balki mamlakat ichidagi boshqa ta’sirli shaxslar bilan ham aloqalarni saqlab turibdi.

Teglar

Mavzuga oid

Nikolas Maduro Kuba yoki Rossiyaga qochishi mumkin — Politico | Vaqt.uz