
Noyabr oyida jamoat transportida qariyb 67 mln tranzaksiya amalga oshirildi
2025 yil noyabr oyida ATTO to‘lov tizimi Toshkent shahri va respublika hududlarida jamoat transportidan foydalanishda asosiy infratuzilmaga aylandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jamoat transportida amalga oshirilgan umumiy tranzaksiyalar soni 66,9 mlntaga yetdi va bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 28 foizga oshdi.
Toshkent shahrida tranzaksiyalar hajmi sezilarli o‘sishni namoyon qildi. Avtobuslarda to‘lovlar soni 2024 yil noyabrdagi 31,9 mlntadan 2025 yil noyabrda 36,9 mlntaga yetdi va 16 foizlik o‘sish qayd etildi. Metropolitenda esa tranzaksiyalar 17,1 milliontadan 18,1 milliontaga chiqib, 6 foizga oshdi.
To‘lov usullari kesimida bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar eng yuqori sur’atda o‘sdi.
Xususan, 2025 yil noyabrda bank kartalari orqali 41,6 mln tranzaksiya bajarilib, bu o‘tgan yilga nisbatan 139 foizlik o‘sishni tashkil etdi. Transport kartalari orqali esa 17,2 million tranzaksiya amalga oshirildi. Metropolitenda qog‘oz QR-chiptalardan foydalanish kamayib, 1,5 millionta operatsiya qayd etilgan bo‘lsa, mobil QR-kod orqali to‘lovlar 1,4 milliontaga yetdi. Shu bilan birga, avtobuslarda mobil to‘lovlar 365 foizga, metro mobil QR-to‘lovlari esa 248 foizga o‘sdi. ATTO virtual kartalari bo‘yicha tranzaksiyalar soni 138 foizga ko‘payib, 511 mingdan oshdi.
Respublika hududlarida ham ATTO tizimidan foydalanish jadal sur’atda kengaydi.
Samarqand shahrida tranzaksiyalar soni 767 mingtadan 2,9 milliontaga, Farg‘onada 320 mingtadan 1,4 milliontaga, Urganchda 359 mingtadan 1,1 milliontaga, Namanganda 618 mingtadan 1,1 milliontagacha o‘sdi. Jizzax, Buxoro va Navoiy kabi hududlarda ham bir necha barobarlik o‘sish kuzatildi. Shuningdek, Olmaliq, Guliston, Shahrisabz, Angren, Termiz, Qo‘qon, Nukus va Chirchiq shaharlarida ATTO orqali to‘lovlar 2025 yilda faol joriy etilib, yuz minglab tranzaksiyalar amalga oshirildi.
Umuman olganda, 2025 yil noyabr oyida respublika hududlaridagi tranzaksiyalar soni 11,5 milliontaga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 273 foizga oshdi. Shu davrda 24 mingdan ortiq yangi transport kartasi sotildi, 13 mingdan ziyod virtual karta yaratildi.
Teglar






