«Olimpik»da moliyaviy inqiroz: Futbolchilar videomurojaat yo‘lladi

25.02.2026 | 21:201 daqiqa

2024 yilgi Parij Olimpiadasi uchun tuzilgan «Olimpik» futbol klubi a’zolari 2025 yilning may oyidan buyon oylik ololmayotganini ma’lum qildi.

«Olimpik»da moliyaviy inqiroz: Futbolchilar videomurojaat yo‘lladi



2024 yilgi Parij Olimpiadasi uchun tashkil etilgan «Olimpik» futbol klubi murabbiylari va o‘yinchilari 2025 yil may oyidan buyon maosh olmayotganini ma’lum qildi. Jamoa a’zolari bu masala yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasiga videomurojaat yo‘lladi.

Klub tarkibida o‘tgan mavsum to‘p surgan va hozirgacha shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan futbolchilar, shuningdek darvozabonlar murabbiyi bir necha oylik ish haqi berilmaganini aytmoqda. Ularning ta’kidlashicha, umumiy qarzdorlik 5,5–6 oylik maoshni tashkil etadi.

«Bizning ham bola-chaqamiz bor»: Murabbiy va futbolchilar talabi

«O‘tgan yil may oyidan beri «Olimpik» jamoasida ishladik va 5 yarim oy oylik olmadik. Futbol federatsiyasiga murojaatim: iltimos, oyliklarimizni hal qilib beringlar. Bizning ham bola-chaqamiz bor», — dedi jamoa darvozabonlar murabbiyi Ma’mur Ikromov.

Shuningdek, bu videomurojaatga bir qator futbolchilar ham qo‘shilib, mazkur holatni tasdiqlab, belgilangan oyliklar berilmaganini aytgan.

O‘FA munosabati: Muammo o‘rganilmoqda

Hozirda mazkur holat O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘rganilmoqda. Assotsiatsiya futbolchilar va mutaxassislar huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga va’da bergan.

Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Teglar

Mavzuga oid