Logo

Ostonada «Kelajak o‘yinlari»ga start berildi

Kecha 22:201 daqiqa

Musobaqada O‘zbekiston sportchilari uchta yo‘nalishda bellashadi.

Ostonada «Kelajak o‘yinlari»ga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tayotgan uchinchi «Kelajak o‘yinlari» xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

ss

Foto: president.uz

«Baris Arena» muz saroyida tashkil etilgan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamda boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa ishtirokchilarga videomurojaat yo‘llagan.

Marosim davomida fijital sportning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berilgan. Ushbu format raqamli bellashuvlarni an’anaviy sport turlari va jismoniy faollik bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

Fijital sport rivojlanmoqda

Qayd etilishicha, «Kelajak o‘yinlari»ning asosiy maqsadi yoshlarni an’anaviy sportga jalb qilishdan iborat.

Ochilish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro musobaqa ishtirokchilarini qutlagan.

Shuningdek, sport va texnologiyalar vazirlari, diplomatik missiyalar rahbarlari hamda boshqa yuqori martabali vakillar ishtirokida fijital sportga bag‘ishlangan xalqaro sammit ham o‘tkazilgan

O‘zbekistonliklar uchta yo‘nalishda bahsga kirishadi

«Kelajak o‘yinlari» ilk bor 2024 yilda Qozon shahrida tashkil etilgan bo‘lib, uning ochilish marosimida ham prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan edi.

Ikkinchi turnir esa 2025 yilda Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan.

Bu yilgi musobaqalarda O‘zbekiston sportchilari fijital futbol, lazertag va raqs yo‘nalishlarida ishtirok etadi.

Teglar

Mavzuga oid