O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Bugun 21:021 daqiqa

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekiston 5,8 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi.

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi

2026-yil yanvar–mart oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston mahsulotlarining asosiy bozorlari bo‘lgan va eksport hajmidan eng yuqori ulushni egallagan top-10 mamlakat reytingi quyidagicha shakllandi.

Rossiya — 1,1 mlrd dollar;
Xitoy — 641,7 mln dollar;
Afg‘oniston — 443,6 mln dollar;
Fransiya — 405,9 mln dollar;
Qozog‘iston — 282,8 mln dollar;
Turkiya — 231,6 mln dollar;
BAA — 172,3 mln dollar;
Qirg‘iziston — 169,9 mln dollar;
Tojikiston — 140,8 mln dollar;
Gongkong — 127,1 mln dollar.

Eksport ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda mamlakat tashqi savdo aylanmasida ham o‘sish kuzatilgan. 2026-yil yanvar–aprel oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning jami tashqi savdo aylanmasi 26,3 milliard dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizga yuqori.

To‘rt oylik natijalarga ko‘ra, eksport hajmi 10 milliard dollar, import esa 16,4 milliard dollar bo‘lgan. O‘zbekiston jahonning 175 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan bo‘lib, tashqi savdo aylanmasining eng katta ulushi Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Teglar

Mavzuga oid