O‘zbekiston Ruanda bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi

Ruanda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 167-davlatga aylandi. Antaliyadagi uchrashuvda tomonlar hamkorlikni mustahkamlovchi muhim hujjatlarni imzoladi.

O‘zbekiston Ruanda bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi © TIV matbuot xizmati

Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro forum doirasida O‘zbekiston va Ruanda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Bu haqda Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi. Shu tariqa, Ruanda O‘zbekiston bilan rasmiy aloqalar o‘rnatgan 167-davlatga aylandi.

Uchrashuv davomida Ruanda tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Olive Nduxungirexe bilan birgalikda diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi. Mazkur hujjat ikki davlat o‘rtasida rasmiy aloqalarni huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.

Shu bilan birga, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini joriy etish bo‘yicha Anglashuv memorandumi ham imzolandi. Bu mexanizm doimiy muloqot va tashqi siyosiy masalalarda hamkorlikni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, ushbu kelishuvlar O‘zbekistonning Afrika qit’asi bilan hamkorligini kengaytirish yo‘lida muhim qadamdir. So‘nggi paytlarda mamlakat tashqi siyosatida yangi mintaqalar bilan aloqalarni diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid