add

O‘zbekiston startapi AQSHda 3,5 million dollar jalb qildi

20.11.2025 | 21:152861 Daqiqa

O‘zbekistonlik mutaxassisga tegishli CoRun.AI startapi AQSHda 3,5 million dollar investitsiya jalb qilib, avtoturargohlar samaradorligini oshirishga qaratilgan sun’iy intellekt yechimlarini jahon bozoriga olib chiqmoqda.

O‘zbekiston startapi AQSHda 3,5 million dollar jalb qildi

Assoschisi o‘zbekistonlik bo‘lgan CoRun.AI sun’iy intellekt startapi AQSHda 3,5 million dollarlik investitsiyani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Crunchbase ma’lumotlariga ko‘ra, startap avtoturargohlar samaradorligini oshirish ustida ishlaydi va bu loyihaga Access Capital Management, Silikon vodiysining biznes vakillari va logistika sanoati mutaxassislari sarmoya kiritgan.

“O‘zbekistonlik iste’dodlar global texnologiya sahnasiga chiqayotganidan faxrlanamiz. Umid qilamanki, yaqin yillarda Silikon vodiysida o‘zbek ildizlariga ega haqiqiy milliard dollarlik kompaniyalar paydo bo‘ladi” - , deya ta’kidladi startap hammuassisi Nodir Ro‘zmatov.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, CoRun.AI 2023 yilda tashkil etilgan. Startapning ijtimoiy tarmoqlarida qayd etilishicha, loyiha Germaniyada ishlab chiqilgan, O‘zbekistonda yaratilgan va hozirda Silikon vodiysida kengaytirilmoqda. Kompaniyaning qiymati 17,5 million dollarga baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid