add

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 5 milliard dollarga yetkaziladi

29.01.2026 | 21:102 daqiqa

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 5 milliard dollarga yetkaziladi© Фото: president.uz

Tomonlar mazkur yig‘ilish muborak Ramazon oyi hamda ikki mamlakat o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganiga 30 yil to‘lishi arafasida o‘tayotgani ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidladi.

Siyosiy muloqot jadal rivojlanayotgani, xalqaro masalalar yuzasidan tomonlarning pozitsiyasi o‘xshash ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib olindi.

Savdo va sanoat kooperatsiyasi

Ma’lumot uchun, parlamentlararo aloqalar do‘stlik guruhlari doirasida faollashdi. O‘zaro savdo hajmi, shuningdek, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan qo‘shma korxona va loyihalarning soni izchil ravishda o‘sib bormoqda.

Kelgusi yillarda tovar ayirboshlash hajmini, jumladan, Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimdagi tovarlar ro‘yxatini kengaytirish orqali 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi belgilab olindi.

Ilm va madaniyat integratsiyasi

Tashrifga tayyorgarlik doirasida alohida dastur asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan sanoat kooperatsiyasining yangi ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.

Shuningdek, hududlararo hamkorlikning ulkan salohiyati qayd etildi. Yil oxiriga qadar O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan delegatsiyalar hamkor hududlar bilan loyihalar portfelini ishlab chiqish maqsadida Turkiyaga tashrif buyuradi.

Qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik, sog‘liqni saqlash va tibbiy turizm sohalarida Turkiyaning ilg‘or tajribasini joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

Turizm yo‘nalishida aloqalarni rivojlantirish, teatr festivallari va madaniyat haftaliklarini o‘tkazish, tarixiy filmlarni birgalikda ishlab chiqarish, madaniy meros obyektlarini hamkorlikda tiklashga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida shu yil bahorda Buxoroda to‘rtinchi Rektorlar forumini o‘tkazishga kelishib olindi. Shuningdek, Qo‘shma hukumatlararo komissiya hamraislarining ko‘p qirrali hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida ikki davlat hukumatlariga qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash topshirildi. Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga O‘zbekistonga tashrif bilan kelishni taklif qildi.

Teglar

Mavzuga oid