Logo

O‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo kompleksidagi davlat ulushi sotuvga chiqariladi

Bugun 16:552 daqiqa

Ro‘yxatga Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi obyektlar kiritilgan. Eng katta davlat ulushi 68 foizni tashkil etgan.

O‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo kompleksidagi davlat ulushi sotuvga chiqariladi © Foto: thetravelmagazine.net

Prezidentning 2026-yil 28-avgustdagi farmoni bilan iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilangan. Hujjatga ko‘ra, 2026-yilda 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushi, 1 ming 242 ta ko‘chmas mulk obyekti va qariyb 8 ming gektar yer uchastkasini savdoga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Shu xususiylashtirish dasturiga hududlardagi bozor, savdo kompleksi va avtobozorlardagi davlat ulushlari ham kiritilgan. 18 ta obyektning 7 tasi Namangan, 5 tasi Farg‘ona, 3 tasi Samarqand, 2 tasi Surxondaryo viloyatida joylashgan. Toshkent viloyatidan esa bitta obyekt: Qibray dehqon bozori ro‘yxatga kiritilgan.

18 ta obyektning ro‘yxati



Viloyat

Obyekt nomi

Sotiladigan davlat ulushi

1

Namangan

«Namangan avto megastroy savdo kompleksi»

51%

2

Namangan

«Ixtisoslashtirilgan qurilish mollari savdo kompleksi»

51%

3

Namangan

«Yashil dehqon bozori»

68%

4

Namangan

«Do‘stlik savdo sanoat kompleksi»

51%

5

Namangan

«Chust dehqon bozori»

51%

6

Namangan

«Uchqo‘rg‘on dehqon bozori»

51,42%

7

Namangan

«To‘raqo‘rg‘on markaziy dehqon bozori»

51%

8

Samarqand

«Toyloq dehqon bozori»

51%

9

Samarqand

«Samarqand innovatsion avtomobillar bozori»

51%

10

Samarqand

«Gulobod yog‘och savdo kompleksi»

51%

11

Surxondaryo

«Lolazor Denov Barakat»

51%

12

Surxondaryo

«Jarqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozori»

54,6%

13

Toshkent viloyati

«Qibray dehqon bozori»

51%

14

Farg‘ona

«Farg‘ona Yusufjon fayzi» qurilish mollari savdo kompleksi

51%

15

Farg‘ona

«Rapqon dehqon bozori»

51%

16

Farg‘ona

«Yakkatut dehqon bozori»

52,1%

17

Farg‘ona

«Beshariqlik Umarovlar fayzi»

51%

18

Farg‘ona

«Beshariq Turon sanoat savdo kompleksi»

51%


Davlat ulushi 51 foizdan 68 foizgacha

Ro‘yxatdagi 18 ta obyektning aksariyatida davlat ulushi 51 foizni tashkil etadi.

Eng katta ulush «Yashil dehqon bozori»da 68 foiz. Undan keyingi yuqori ko‘rsatkich «Jarqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozori»ga tegishli bo‘lib, undagi davlat ulushi 54,6 foizni tashkil etadi.

Farg‘onadagi «Yakkatut dehqon bozori»da davlat ulushi 52,1 foiz, Namangandagi «Yangiqo‘rg‘on dehqon bozori»da esa 51,42 foiz etib belgilangan.

Qolgan 14 ta obyekt bo‘yicha sotiladigan davlat ulushi 51 foizni tashkil etadi.

Sotuvdan tushgan mablag‘lar qayerga yo‘naltiriladi?

Hududlardagi bozor va savdo komplekslaridagi davlat ulushlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar baholash va sotish xarajatlari chegirib tashlanganidan keyin tegishli mahalliy budjetlarga yo‘naltiriladi.

Davlat ulushlarini sotish shartlari va tartibi belgilangan tartibda aniqlanadi.

Xususiylashtirish dasturining asosiy maqsadi davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, davlat aktivlarini xususiy sektorga o‘tkazish va investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirishdan iborat.


Teglar

Mavzuga oid