add

O‘zbekistonda 9 oyda 8,4 mln tonna don mahsulotlari yetishtirildi

Hududlar bo‘yicha Farg‘ona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari don yetishtirishda yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekistonda 9 oyda 8,4 mln tonna don mahsulotlari yetishtirildi

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida respublika bo‘ylab barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8,4 million tonna don va dukkakli don yetishtirilgan. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 11,2 foiz o‘sishni ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng ko‘p Farg‘ona viloyatida 956 ming 263 tonna hosil yig‘ib olindi. Qashqadaryo viloyati 880 ming 946 tonna bilan ikkinchi o‘rinni, Samarqand viloyati 859 ming 133 tonna bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 826 ming 549 tonna, Jizzax viloyatida 709 ming 198 tonna, Andijon viloyatida esa 655 ming 594 tonna don mahsuloti yetishtirildi. Toshkent viloyatida 603 ming 807 tonna, Buxoroda 632 ming 399 tonna, Namanganda 629 ming 974 tonna hosil olingan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 255 ming 146 tonna, Navoiy viloyatida 285 ming 428 tonna va Xorazm viloyatida 577 ming 818 tonna don yig‘ib olindi. Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 534 ming 560 tonnani tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning 9 oyida mamlakatda 9,9 million tonna sabzavot yetishtirilgani haqida xabar qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 9 oyda 8,4 mln tonna don mahsulotlari yetishtirildi | Vaqt.uz