O‘zbekistonda «Apple» va «Google» eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniyalar bo‘ldi
O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar yarim yilda 143,8 milliard so‘m soliq to‘ladi.
© uzairways.uz2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 97 ta xorijiy kompaniya davlat budjetiga jami 143,8 milliard so‘m soliq to‘ladi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 84 foizga ko‘p.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta soliq to‘lovchi «Apple» bo‘lib, kompaniya budjetga 33,6 milliard so‘m o‘tkazgan.
Undan keyin «Google» 33,3 milliard so‘m va «Meta» 28,9 milliard so‘m bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.
TOP-10 kompaniya
Elektron xizmatlar uchun eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniyalar quyidagicha shakllandi:
«Apple» — 33,6 mlrd so‘m;
«Google» — 33,3 mlrd so‘m;
«Meta» — 28,9 mlrd so‘m;
«Valve Corp.» — 15,8 mlrd so‘m;
«Anthropic» — 6,3 mlrd so‘m;
«OpenAI» — 5,6 mlrd so‘m;
«Midasbuy» — 2,9 mlrd so‘m;
«Booking.com» — 2,6 mlrd so‘m;
«TikTok» — 1,6 mlrd so‘m;
«Anysphere» — 1,5 mlrd so‘m.
Soliq majburiyati
Soliq kodeksining 281-moddasiga muvofiq, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari har chorak yakunlanganidan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmasdan soliq hisobotini taqdim etishi va tegishli soliqlarni to‘lashi shart.





