add

O‘zbekistonda havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi: 10–13-noyabr ob-havo ma’lumoti

Bugun 08:551791

10–13-noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab issiq va quruq ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +22°S gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi: 10–13-noyabr ob-havo ma’lumoti

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 10–13-noyabr kunlari O‘zbekiston hududlarida kunlik harorat biroz iliy boshlaydi. Respublika bo‘ylab yomg‘ir kutilmaydi, ob-havo asosan quruq va barqaror bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bulutli, shamol soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi. 10–11-noyabr kunlari kechasi 0…+5°C, kunduzi +12…+17°C. 12–13-noyabrda kechasi +2…+7°C, kunduzi +14…+19°C bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlari respublikada eng iliq hududlardan biri bo‘ladi. 10-noyabrda kechasi 0…+5°C, kunduzi +12…+17°C. 12–13-noyabrda kechasi +2…+7°C, kunduzi +16…+21°C.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 0…+5°C, kunduzi +12…+17°C. 12–13-noyabrda kunduzi harorat +15…+20°C gacha ko‘tariladi. Shamol tezligi soniyasiga 7–12 metr.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa eng iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi harorat +2…+7°C atrofida bo‘ladi, kunduzi esa havo 10–11-noyabrda +15…+20°C gacha, 12–13-noyabr kunlari +17…+22°C gacha qiziydi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechalari +2…+7°C atrofida salqin havo kuzatilsa, kunduzlari 10-noyabrda +10…+15°C, 11–13-noyabr kunlar +12…+17°C harorat kuzatiladi.

Tog‘li hududlarda ham havo barqaror bo‘ladi. 10–12-noyabr kunlari –3…+2°C, kunduzi +8…+13°C harorat qayd etiladi. 13-noyabrda havo biroz iliydi va kechasi 0…+5°C, kunduzi +10…+15°C atrofida bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi: 10–13-noyabr ob-havo ma’lumoti | Vaqt.uz