Logo

O‘zbekistonda jamoat transporti to‘lovlari 30 foizga oshdi

Bugun 12:351 daqiqa

2026-yil sentabrida jamoat transportida 81,1 mln tranzaksiya amalga oshirildi. Eng ko‘p tranzaksiyalar bank kartalari orqali amalga oshirilgan.

O‘zbekistonda jamoat transporti to‘lovlari 30 foizga oshdi © vaqt.uz

2026-yil sentabrida O‘zbekiston jamoat transportida amalga oshirilgan to‘lovlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshib, 81,1 mln tranzaksiyani tashkil etdi. Bu haqda ATTO kompaniyasi oylik statistik ma’lumotlarida xabar berdi.

Hisobot davrida bank kartalari orqali to‘lovlar soni 60 mln taga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 61 foizlik o‘sishni anglatadi.

Transport kartalari orqali esa 14,4 mln tranzaksiya amalga oshirildi. Ushbu ko‘rsatkich jamoat transportida elektron to‘lov vositalaridan foydalanish ko‘lamini ko‘rsatuvchi asosiy raqamlardan biri hisoblanadi.

Metro yo‘lovchilari mobil QR-kod orqali 1,9 mln marta to‘lov qildi. Shuningdek, virtual ATTO kartalari yordamida amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 585 101 tani tashkil etdi.

1



Hududlarda o‘sish tezlashdi

ATTO ma’lumotlarida respublika hududlaridagi to‘lovlar dinamikasi ham alohida qayd etilgan. Sentyabrda hududlarda tranzaksiyalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 133 foizga oshib, 23,6 mln taga yetdi. Eng ko‘p tranzaksiyalar Samarqand, Urganch va Qarshi shaharlarida amalga oshirilgan.

2

3


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Transport vazirligi avtobuslar kechikishi va bir bekatga uchta avtobus bir vaqtda kelib qolishiga izoh bergandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda jamoat transporti to‘lovlari 30 foizga oshdi | Vaqt.uz