O‘zbekistonda narxlarni sun’iy oshirgan dorixonalar litsenziyadan mahrum etildi

Bugun 12:551 daqiqa

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yil boshidan buyon dori vositalari narxini asossiz oshirish bo‘yicha 146 mingdan ortiq holat aniqlandi.

O‘zbekistonda narxlarni sun’iy oshirgan dorixonalar litsenziyadan mahrum etildi

O‘zbekistonda dori vositalari narxini nazorat qilish bo‘yicha tekshiruvlar kuchaytirilib, bir qator jiddiy qonunbuzilishlar fosh etildi. Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ayrim dorixonalar belgilangan referent narxlardan yuqori narxlarda savdo qilgan.

«Fair Tech» tizimi orqali aniqlangan qoidabuzarliklar

Qayd etilishicha, 2025 yil boshidan buyon «Fair Tech» tizimi orqali 414 mingdan ortiq holatda dori vositalari va tibbiy mahsulotlar narxi oshirilgani aniqlangan. Ushbu holatlar 991 ta dorixonada qayd etilgan bo‘lib, ularning katta qismi chakana savdo nuqtalari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning yanvar–mart oylari davomida esa 146 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Bu raqam dori bozorida narxlar bilan bog‘liq muammolar hali ham dolzarbligicha qolayotganini ko‘rsatadi.

Qayta hisob-kitob qilingan mablag‘lar

Tekshiruvlar natijasida iste’molchilar foydasiga 8,5 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilindi. Bu mablag‘ dorixonalar tomonidan asossiz ravishda olingan daromad sifatida qaytarilgan.

Shu bilan birga, litsenziya talablari buzilgan holatlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar vakolatli organlarga yuborildi. Natijada so‘nggi 15 oy ichida 6 ta kompaniya dorixona faoliyati uchun berilgan litsenziyasidan mahrum etildi.

Ular:

Farm Effekt;

Gipofiz Farm;

Maxsudbek Biznes;

Medex Group Pharm;

Pharma Brend;

The Great Pharm.

Teglar

Mavzuga oid