Logo

O‘zbekistonda pensiya so‘nggi 10 yilda qanchaga oshdi?

Bugun 16:531 daqiqa

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik pensiya so‘nggi 10 yilda 494,2 ming so‘mdan 1 mln 649,2 ming so‘mgacha oshgan.

O‘zbekistonda pensiya so‘nggi 10 yilda qanchaga oshdi? © uznews

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik pensiya so‘nggi o‘n yilda uch baravardan ko‘proq o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik pensiya miqdori so‘nggi 10 yilda 494,2 ming so‘mdan 1 mln 649,2 ming so‘mgacha oshgan. Bu 3,3 baravarlik o‘sishni anglatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilda o‘rtacha oylik pensiya 494,2 ming so‘m bo‘lgan.

Yillar kesimida o‘rtacha oylik pensiya miqdori quyidagicha bo‘lgan:

2016-yil — 494,2 ming so‘m;

2017-yil — 556,8 ming so‘m;

2018-yil — 640,5 ming so‘m;

2019-yil — 733,2 ming so‘m;

2020-yil — 848,5 ming so‘m;

2021-yil — 963,6 ming so‘m;

2022-yil — 1 080,8 ming so‘m;

2023-yil — 1 234,5 ming so‘m;

2024-yil — 1 495,6 ming so‘m;

2025-yil — 1 649,2 ming so‘m.

Ma’lumot uchun, respublikada eng ko‘p pensioner Farg‘ona viloyatida yashaydi. Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Qashqadaryo viloyatlari esa mamlakatdagi jami pensionerlarning 41 foizini qamrab oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Ozarboyjon pensiya tayinlashda ish stajini o‘zaro hisobga olishi haqida ma’lumot bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid