add

O‘zbekistonda yuk avtomashina va traktor ishlab chiqarish hajmi oshdi

Bugun 10:211 daqiqa

Ishlab chiqarish hajmlaridagi o‘sish avtosanoat va qishloq xo‘jaligi texnikasiga ichki talab kuchayganini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda yuk avtomashina va traktor ishlab chiqarish hajmi oshdi

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda yuk avtomobillari va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish hajmlari sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu davrda mamlakatda jami 4,1 ming dona yuk avtomashinasi ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davri bilan solishtirilganda 31 foizga yuqori bo‘ldi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi segmentida ham ijobiy dinamika qayd etildi. 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 483 dona traktor ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning tegishli davriga nisbatan 23,2 foizga o‘sgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida mamlakatda 370 mingdan ziyod yengil avtomobillar ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 30,2 ming donaga ko‘p bo‘lgan.

Avvalroq 2025 yilda O‘zbekistonga olib kirilgan yengil avtomobillar soni 7,1 foizga oshib, 79 822 donani tashkil etgani haqida xabar bergandik. Bunda importning umumiy qiymati 1,17 mlrd dollarga teng bo‘lib, 2024 yilga nisbatan 8,1 foizga kamaydi. Import o‘sishining asosiy drayveri elektromobillar bo‘lib, 2025 yil davomida 56 832 ta elektromobil olib kirildi va umumiy importda 70 foizdan ziyod ulushni egalladi.

Teglar

Mavzuga oid