O‘zbekistonga bir oyda 2,6 tonna choy import qilindi

Bugun 12:301 daqiqa

2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonga 14 ta xorijiy davlatdan 3,8 mln dollarlik choy import qilingan.

O‘zbekistonga bir oyda 2,6 tonna choy import qilindi

2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonga 14 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 570 tonna choy import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 421 tonnaga kamaygan.

2026-yilning ilk oyida O‘zbekistonga eng ko‘p choy yetkazib bergan davlatlar:

Xitoy – 2 122 tonna;

Qozog‘iston – 123 tonna;

Eron – 113,4 tonna;

Keniya – 97,6 tonna;

Indoneziya – 41,8 tonna;

Boshqa davlatlar – 72,3 tonna.

O‘tgan yilgi vaziyat qanday edi?

O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 8,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,8 ming tonna choy import qilingan. Bunda eng ko‘p choy Xitoy (4 720,5 tonna), Eron (360,3 tonna), Keniya (160,6 tonna), Rossiya (130,9 tonna), Hindiston (99 tonna) va BAA (72,6 tonna)dan import qilingan.

Umumiy import mahsulotlar

Yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd dollarga yetgan bo‘lsa, shuning 4,1 mlrd dollar (+30,3 foiz) qismi importga to‘g‘ri keladi.

2026-yilning ilk oyida O‘zbekiston jahonning 145 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (27,9 foiz), Rossiya (18,7 foiz), Qozog‘iston (7,1 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Afg‘oniston (2,4 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Teglar

Mavzuga oid